date
views 338

AQSH va Meksikaga qarshi o‘yinlar oldidan yaxshi yangilik bor

AQSH va Meksikaga qarshi o‘yinlar oldidan yaxshi yangilik bor

AQSH va Meksikaga qarshi uchrashuvlarga milliy jamoamizni Srechko Katanes boshchiligidagi murabbiylar shtabinining to‘liq tarkibi tayyorlab boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyidagi CAFA turniri davomida O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanes betobligi tufayli terma jamoa safini tark etib, sog‘lig‘ini tiklash uchun Sloveniyaga yo‘l olgan edi. Hozirda bosh murabbiyimiz o‘zini yaxshi his etmoqda. Yaqin kunlarda O‘zbekistonda o‘z ishini bajarayotgan yordamchilari safiga kelib qo‘shiladi.

Rejaga muvofiq, sentyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoamiz AQSHda yig‘in o‘tkazgan holda mezbon AQSH va Meksika terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. Mazkur o‘yinlarda jamoamizga va murabbiylar shtabiga Srechko Katanes boshchilik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSH va Meksikaga qarshi o‘yinlar oldidan yaxshi yangilik bor