Neymar nega “Al-Hilol”ni tanlaganini aytdi

Neymar nega “Al-Hilol”ni tanlaganini aytdi

Neymar Evropa futbolini tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. 31 yoshli yulduz faoliyatidagi burilishni quyidagicha izohladi.

- Men bu erga liganing tezroq o‘sishiga yordamlashgani keldim. Saudiya Arabistoni ligasi juda ko‘p transferlarni amalga oshirdi va keskin o‘zgarib bormoqda. Bu liga yozdagi transferlar hisobiga raqobatbardosh musobaqaga aylanadi.

Bizning klub mavsumni yuqori darajada o‘tkazib, o‘z maqsadlariga etishini kutyapman. Raqobat bo‘lishi muhim, deb hisoblayman. Shuning uchun ham men bu ligani tanladim. Bu erda hammasi boshqacha va men uchun bu yangi chaqiruv, - dedi Neymar.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Neymar “Al-Hilol” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va bu muddat uchun arablardan 300 million evroga yaqin maosh oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar