Andijonda tovlamachilikda gumonlangan shaxsning mashinasidan giyohvand modda topildi

Andijonda tovlamachilikda gumonlangan shaxsning mashinasidan giyohvand modda topildi

Andijon shahrida sotilgan telefon uchun kelishuvdan tashqari qo‘shimcha pul talab qilgan shaxs ushlandi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchining avtomobili tekshirilganda giyohvand moddaga o‘xshash ashyo ham topilgan.

Aniqlanishicha, Andijon shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan shaxs 1987 yilda tug‘ilgan tanishiga iPhone 15 Pro telefonini 650 AQSH dollariga sotgan. Xaridor kelishilgan mablag‘ni to‘liq bergan. Shunga qaramay, sotuvchi undan yana 500 AQSH dollari talab qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u turli bahonalar bilan bosim o‘tkazib, qo‘rqitish orqali pul undirishga uringan. Gumonlanuvchi Andijon shahridagi «O‘rikzor» mahallasi hududida 500 dollarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng uning boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobili xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Mashina salonidan ikki bo‘lak jigarrang tusli, o‘tkir hidli modda topilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Andijon shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tovlamachilik hamda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar