Xitoyda 5730 yil xizmat qiladigan yangi avlod yadroviy batareyasi yaratildi

Xitoylik olimlar energetika sohasida ulkan burilish yasashi kutilayotgan, uglerod-14 izotopi asosida ishlaydigan yangi avlod ixcham yadroviy batareyasini taqdim etdi. Ushbu qurilma bir necha ming yillik xizmat muddatiga ega boʻli b, uzoq vaqt davomida texnik xizmat koʻrsatish imkonsiz boʻ lgan sohalarda inqilobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Shimoli-gʺrbiy pedagogika universiteti tadqiqotchilari Gansu Zhulong Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan ushbu tizim Qianjiyuan Tianshu deb nomlandi. ixbt.com maʻlumotiga koʻra, yangi ishlanma jamoaning avvalgi loyihalariga qaraganda ancha quvvatli, ixcham va toʻliq Xitoyning oʻz texnologik bazasida yaratilgani bilan ajralib turadi.
Texnologiyaning ishlash prinsipi va afzalliklari
Batareyaning ishlash asosi radioaktiv uglerod-14 izotopi va kremniy karbidi (SiC) yarim oʻtkazgichiga tayanadi. Anʻanaviy radioizotop generatorlaridan farqli oʻlaroq, bu texnologiya issiqlikni elektrga aylantirib oʻtirmaydi. Buning oʻrniga beta-nurlanish energiyasi toʻgʻridan-toʻgʻri elektr tokiga transformatsiya qilinadi. Ishlab chiquvchilar bu jarayonni quyosh panellariga qiyoslashmoqda: faqat bu yerda yorugʻli k fotonlari oʻrniga uglerod-14 parchalanishidan hosil boʻ lgan elektronlar oʻ lchamli yarim oʻtkazgich qatlamida oʻzgarmas tok hosil qiladi.Qurilmaning texnik koʻrsatkichlari uning oʻziga xosligini tasdiqlaydi. Batareyaning hajmi bor-yoʻgʻri 16,8 kub santimetrni tashkil etadi. U 2,06 V kuchlanish va 0,713 mkA tok kuchi bilan taʻminlab, maksimal 1,13 mkVt quvvat beradi. Garchi bu koʻrsatkich smartfonlarni quvvatlantirish uchun yetarli boʻ lmasa-da, u oʻnlab yillar davomida uzluksiz ishlashi kerak boʻ lgan maxsus datchiklar uchun ayni muddaodir.
Qoʻllanish sohalari va istiqbollar
Uglerod-14 izotopining yarim parchalanish davri taxminan 5730 yilni tashkil etadi. Bu degani, bunday energiya manbalari bir necha asrlar davomida barqaror ishlash salohiyatiga ega. Olimlar ushbu texnologiyani quyidagi yoʻnalishlarda qoʻllashni rejalashtirmoqda:- Kosmik apparatlar va sunʻiy yoʻldoshlar;
- Avtonom datchiklar va ilmiy tadqiqot uskunalari;
- Tibbiy implantlar (masalan, kardiostimulyatorlar);
- Sanoat monitoring tizimlari;
- Xizmat koʻrsatish imkoni boʻ lmagan olis hududlardagi qurilmalar.
Mutaxassislarning fikricha, bunday batareyalar kelajakda inson aralashuvisiz ishlaydigan “aqlli” tizimlar va uzoq muddatli ilmiy missiyalar uchun asosiy quvvat manbaiga aylanishi mumkin. Bu esa energetika mustaqilligi va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini keskin kamaytirish imkonini beradi.






























Izohlar 0
…