date
views 210

Murodjon Ahmadaliyevning keyingi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyevning keyingi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi

Foto: BoxingScene

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi raqibiga aniqlik kiritildi.

WBA qaroriga ko‘ra, Murodjon Ahmadaliyev navbatdagi jangini yaponiyalik Tomoki Kamedaga qarshi o‘tkazadi. Bu haqida sportchining o‘zi Instagram sahifasida ham ma’lum qildi.

Jang sanasi hozircha aniq emas. Tomonlar 30 kun ichida jang bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim. Agar kelishuv amalga oshmasa, promouterlik savdosi tashkil etiladi.

Bahs g‘olibi esa hozirda Marlon Tapalesga tegishli bo‘lgan kamar uchun majburiy da’vogarga aylanadi.

Ahmadaliyevning raqibi yaponiyalik Kameda faoliyati davomida 43 ta jang o‘tkazib, 40 ta g‘alabaga erishgan.

Murodjon aprel oyida filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangda mag‘lubiyatga uchrab, WBA va IBF kamarlarini boy bergandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyevning keyingi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi