Superog‘ir vaznli bokschimiz Lazizbek Mullojonov Polshadagi boks oqshomida ringga ko‘tarildi.
Ushbu jangda hamyurtimizga qozog‘istonlik Nursulton Amanjolov raqiblik qildi.
6 raundga mo‘ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi. Dastlabki raunddayoq Lazizbek qozog‘istonlik raqibini texnik nokautga uchratdi.
Bu Amanjolov uchun faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. U bungacha 5 ta jangda g‘alabaga erishgandi.
Mullojonov esa g‘alabali seriyasini 4 taga yetkazib oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar