O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan "Turon" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv "ajdarlar"ning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bellashuvda hisob 17-daqiqada ochildi. Rustamxon Azimovning jarima maydoni ichidan yo‘llagan zarbasi raqib himoyachilariga tegib darvoza to‘ridan joy oldi. 76-daqiqada Oybek Bozorov hisobni tenglashtirdi. 90+3 daqiqada G‘olib G‘aybullayev g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, "ajdarlar" kombek qilib yarim finalga yo‘l oldi.
O‘zbekiston Kubogi
1/4 final
"Turon" – "Nasaf" 1:2
Gollar: 1:0 — 17 Rustamxon Azimov, 1:1 — 76 Oybek Bozorov, 1:2 — 90+3 G‘olib G‘aybullayev.
"Turon": 35.Rahimjon Davronov, 2.Abdulazizxon Abdurashidov, 3.Akbar Abdirasulov, 4.Asliddin Toshtemirov, 9. Rustam Azimov, 14.Xurshidbek Muxtorov (s), 17.Nodirbek Mukarov, 18.Abdug‘ani Kamolov, 21.A’zamjon Aliyev, 40.Abega Enyang Ngu, 88.Sardor Sadullayev.
Zaxira: 1.Dostonbek To‘xtaboyev, 5.Marlen Chobanov, 7.Shohmalik Komilov, 10.Humoyun Murtozayev, 11.Javohir Alijonov, 22.Shahzodbek Rahmatullayev, 45.Asadbek Saitxonov, 55.Aslbek Aysarov, 77.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev.
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov (19.Mateus Lima 46), 17.Suhrob Nurulloyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 70.Jambuli Jigauri, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich, 92.Umarbek Eshmurodov (s).
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov, 18.Bahrom Abdurahimov, 21.Doniyor Narzullayev, 25.Bekjon Rahmatov, 32.Zafar Hakimov, 99.Azizbek Amonov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!