10:01 / 03.09.2023
228

Ronaldu va Mane gol urgan o‘yinda "An-Nassr" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Ronaldu va Mane gol urgan o‘yinda "An-Nassr" yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 5-turida “An-Nassr” 2 sentyabr, shanba kuni “Al-Hazm”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv Ar-Riyod jamoasining 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “An-Nassr” tarkibida G‘arib, Al-Haybari, Otavio, Mane hamda Ronaldular gol muallifiga aylandi. “Al-Hazm” safida esa Muhammad Badamosi o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

“An-Nassr” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 9 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi.


Saudiya Professional Ligasi

5-tur bahsi

2 sentyabr, shanba

“Al-Hazm” – “An-Nassr” 1:5

Gollar: 0:1 – 33 G‘arib, 0:2 – 45 Al-Haybari, 1:2 – 47 Badamosi, 1:3 – 57 Otavio, 1:4 – 68 Ronaldu, 1:5 – 78 Mane.

“Al-Hazm”: Damen, Al-Otaybi, Bruno Viana, Al-Daxil, Al-Aazmi (Al-Hammari, 64), Vinisius (Al-Tain, 89), Traore (Al-Najar, 75), M Alsayyali, Toze, Badamosi (Al Mhemaid, 89), Al-Shammari (Al Mutairi, 64).

“An-Nassr”: Al-Akidi, Al-Ganam, Laport, Al-Fatil, Konan (Telles, 76), Brozovich (Al-Hassan, 82), Otavio (Al-Naji, 76), Al-Haybari (Ali, 82), Mane, G‘arib (Al-Gannam, 82), Ronaldu.

Ogohlantirish: Ali (90).


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu va Mane gol urgan o‘yinda "An-Nassr" yirik hisobda g‘alaba qozondi