Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida “Al-Xazm” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, “An-Nasr”ning 5:1 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Portugaliyalik yulduz uchun bu gol rasmiy uchrashuvlardagi 850-gol bo‘ldi. Bu borada Ronaldu mutlaq rekordchi hisoblanadi.
Uchrashuvdan keyin Krishtianu tarixiy voqeaga munosabat bildirdi.
- Yana bir jamoaviy muvaffaqiyat! Biz kuchayishda davom etamiz. Olg‘a, “An-Nasr”!
Faoliyatimda 850 ta gol urganim hali chegara emas, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar