13:06 / 05.09.2023
195

Afg‘oniston bosh murabbiyi: "O‘zbekiston ham xuddi Eron singari bir qancha taktik sxemalarda harakat qila oladi"

Afg‘oniston bosh murabbiyi: "O‘zbekiston ham xuddi Eron singari bir qancha taktik sxemalarda harakat qila oladi"

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida saralash uchrashuvlari o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Eron, Afg‘oniston va Gongkong jamoalariga qarshi to‘p tepadi. Mazkur o‘yinlar oldidan Afg‘oniston termasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalombor, barchaga xayrli kun. Afg‘on xalqi nomidan mehmondo‘st O‘zbekistonga alohida salom yo‘llab qolamiz. Hammaga musobaqada omad tilayman.

O‘zbekistonga qarshi bahs uchun tayyorgarlik olib boryapmiz. Raqibdan ochko olishga harakat qilamiz. O‘zbekiston ham xuddi Eron singari bir qancha taktik sxemalarda harakat qila oladi. Buni biz yaxshi o‘rganib chiqdik, deya olaman.

Guruhimizda Osiyoning eng kuchli jamoalarini ko‘rish mumkin. Ularga qarshi qisqa muddat ichida mashg‘ulotlar o‘tkazdik.

Kim favorit ekani, kimni kuchli ekanini alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Tayyorgarliklarni yaxshi olib, borgan o‘yinlarda kam xatolarga yo‘l qo‘ygan jamoani eng kuchlisi deb bilaman. Hozir eng yaxshilar haqida oldindan nimadir deyish qiyin", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Afg‘oniston bosh murabbiyi: "O‘zbekiston ham xuddi Eron singari bir qancha taktik sxemalarda harakat qila oladi"