UFC yengil vazn toifasi vakili, BMF kamari sohibi Jastin Geydji sobiq ikki vaznda chempion Konor Makgregorni nafaqaga chiqarishni istayotganini aytdi.
"Uning karyerasini yakunlashini va hech qachon MMAga qaytib kelmasligini istamayman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. U men bilan jang qilsa, jangdan keyin oktagonga qaytib chiqmasligiga vaʼda beraman", - dedi Geydji.
Eslatib o‘tamiz, Jastin shu yil yozida Dastin Poryeni nokautga uchratgan holda BMF kamariga ega chiqgandi.
Konor esa, oxirgi marta 2021 yil yozida aynan Porye bilan jang paytida oyog‘ini sindirib olgandi, va o‘shandan beri oktagonga qaytmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar