
Dunyodagi eng boy futbol hakami hisoblanadigan shvesiyalik Yonas Eriksson Qozog‘istonga keladi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ushbu 40 yoshli hakam 1 mart kuni bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston Superkubogi uchrashuvini boshqarib boradi. Bu o‘yin mamlakat poytaxti Ostona shahrida mahalliy “Ostona” va Olmaotaning “Qayrat” jamoalari o‘rtasida o‘tkazilib, Ostona vaqti bilan soat 15:30 da boshlanadi. Erikssonga qanotlarda Daniel Vehnmark va Deniel Gustavsson yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Yonas Eriksson Evro-2012, 2014 yilda Braziliyada o‘tgan mundial hamda har yili o‘tkaziladigan evrokuboklarda o‘yinlarni boshqargan.
U 20 yildan beri hakamlik qilsada, bu uning hobbisi hisoblanadi. Eriksson asosan mediabiznes bilan shug‘ullanadi. U o‘z sheriklari bilan sport o‘yinlarini translyasiya qiluvchi kompaniya ochgan. 2011 yilda bu kompaniya aksiyalarining 15 foizi 75 mln evroga sotilgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar