Gretsiya klubi Jaloliddin Masharipov transferini e’lon qildi!

Gretsiyaning "Panserraikos" klubi hamyurtimiz Jaloliddin Masharipovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Masharipov yangi jamoasi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. U klub safida 10-raqam ostida to‘p tepadi.
Ayni damda "Panserraikos" Gretsiya chempionatida 5 o‘yindan keyin 6 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 8-o‘rinda turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Jaloliddinning so‘nggi jamoasi Saudiya Arabistonining "An Nasr" klubi bo‘lgan edi. Futbolchi riyodliklar safini erkin agent sifatida tark etgan.































Izohlar 0
…