15:05 / 01.10.2023
312

Yurgen Klopp: "Hali bunchalik adolatsizlikni ko‘rmaganman"

Yurgen Klopp: "Hali bunchalik adolatsizlikni ko‘rmaganman"

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Tottenxem"dan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi. "Liverpul" bahsni 9 kishi bo‘lib yakunladi va 96-daqiqadagi avtogol evaziga mag‘lub bo‘ldi.

"Jamoa ushbu o‘yindagi kabi o‘zini mag‘rur tutmagandi. Faoliyatimda hali bunday adolatsiz qarorlar va g‘alati shart-sharoitlar bo‘lgan o‘yinni ko‘rmaganman. O‘zimizga o‘zimiz gol urdik, buni qabul qilish qiyin. Biroq jamoam bilan faxrlanaman.

Birinchi qizil kartochka: Kertis Jons to‘pga oyog‘0ini tashladi, biroq to‘p o‘tib ketib qoldi va u raqibning oyog‘ini tepdi. Bu unchalik qo‘pol o‘yin emas. Ha, sekinlashtirilgan lavhada bunday ko‘rinmasligi mumkin. Chunki u bor tezligi bilan to‘pga harakat qildi. Shunchaki omad kelmay qoldi.

Keyin Diogu Jota. Ilk kartochkasi haqida. U yerda sariq yo‘q edi. Keyinchalik ikkinchisini qabul qildi va 9 kishi bo‘lib himoyalanishga majbur bo‘ldik, bu esa juda qiyin.

Agarda jamoa qurishni istasangiz, Sizga yuqori xarakterli futbolchilar kerak. Bugun men jamoamda shuni ko‘rdim. Ular kurashishdi. O‘zgacha tun o‘tkazishdi. Matipning avtogoli esa shunchaki taqdir. O‘sha yerda kimdir to‘pga oyog‘ini qo‘yishi kerak edi. Joel nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qildi. Shunchaki to‘p darvozaga kirib ketdi. Hayotda bundan ham yomon holatlar bo‘lib turadi. Bunaqasi ham", - dedi Yurgen Klopp.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: "Hali bunchalik adolatsizlikni ko‘rmaganman"