“Real” xo‘jayinlari “Barsa”ga xat yozgan murabbiyni ishdan haydadi

“Real” xo‘jayinlari “Barsa”ga xat yozgan murabbiyni ishdan haydadi

Real” rahbariyati 17 yoshli futbolchilar jamoasining yordamchi murabbiyi Adria Diasni ishdan bo‘shatdi.

The Athletic nashrining yozishicha, Dias o‘zi 2015-2019 yillar davomida ishlagan “Barselona” klubiga minnatdorlik maktubini yozgani “Qirollik klubi” mutasaddilariga yoqmagan.

Murabbiy o‘z maktubida onasi saraton hastaligiga chalinganida uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytgan va klubga sodiqligini bildirgan.

Endi “Real” uning shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan barcha maoshini to‘lab beradi.  Dias “Real” klubida bir necha oy muqaddam ish boshlagan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar