Andijonda gulli Onix ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi (video)

1 daqiqa o'qish192
Andijonda gulli Onix ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘ldi (video)

Andijonda sodir bo‘lgan noodatiy holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Gulli naqshlar bilan qoplangandek ko‘rinib qolgan Onix avtomobili ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, kuchli yomg‘ir vaqtida avtomobilni namdan asrash maqsadida uning ustiga avval gulli ko‘rpa yopilgan, so‘ng esa ustidan maxsus avtomobil tenti tortilgan.

Yomg‘ir tinib, mashina darhol ochilmagani sabab ichkarida namlik dimlanib qolgan. Oqibatda ko‘rpadagi bo‘yoq avtomobilning oq lak qoplamasiga o‘tib, kuzovda gulli izlar paydo bo‘lgan.

Mazkur holat aks etgan video internetda tez tarqalib, minglab tomoshalarni yig‘moqda. Foydalanuvchilarning ayrimlari vaziyatni hazilomuz tarzda izohlayotgan bo‘lsa, boshqalar bunday usul avtomobil bo‘yog‘iga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?