17:30 / 08.10.2023
234

Hamzat Chimayev- Paulo Kosta jangi borasida o‘zbek MMA olami vakillari qanday fikrda?

Hamzat Chimayev- Paulo Kosta jangi borasida o‘zbek MMA olami vakillari qanday fikrda?

Xabaringiz bor, 21 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida “UFC 294” turniri tashkil etiladi. 2-markaziy jang o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida Hamzat Chimayev va Paulo Kosta o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Biz anʼanaga muvofiq o‘zbek MMA olami vakillarining ushbu jang borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Ayubxon Kamalov – MMA jangchisi

- Bu jangda Hamzat Chimayev qiyinchiliksiz g‘alaba qozonadi. Paulo Kosta boshqa jangchilar uchun qiyin raqib bo‘lishi mumkin. Biroq, Hamzatga uning uslubi o‘tmaydi. Umuman Chimayevni to‘xtatib qoladigan raqibni ko‘rmayapman.

Afzal Yunusov – O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari

- Yaqinda buladigan “UFC 294” turnir kardida judayam kuchli jangchilar yig‘ilgan. Chimayev bilan Kosta jangiga keladigan bo‘lsak, Chimayevni baʼzasi kurash bo‘lganligi uchun yutish imkoniyati ko‘proq deb uylayman. Albatta, Kosta ham yomon jangchi emas, bu professional jangchilardan hamma narsa kutish mumkin. Lekin Chimayev 2- raundda g‘alaba qozonadi, deb uylayman. Bu  “UFC 294” turnirida dog‘istonlik sportchilarga muxlislik qilaman, “Shara Bulet”, Magomed Ankalayev, Hamzat Chimayev, va Islom Maxachevlarning g‘alaba qozonishiga umid qilaman.

Ozodbek Pardayev – menejer

- Bu jangda Chimayev g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Uning kurashi aqlbovar qilmas darajada va bunga Koosta dosh bera olmaydi. Jang muddatidan avval yakunlanadi. Uzog‘i bilan 2-raundda Chimayev shunchaki uni bo‘g‘ib qo‘yadi.

Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi

- Meni fikrimcha Chimayev va Kosta jangi ham Chimayevning Byornsga qarshi bahsiga o‘xshash bo‘ladi, deb o‘ylayman. Imkoniyatlar 50/50 ko‘rinyapti. Albatta, g‘alaba Chimayev tomonida bo‘lishni xohlayman!

Timur Maʼmurjonov – MMA jangchisi

- Juda qiziqarli jang bo‘ladi. Paulo Kosta oson taslim bo‘ladigan toifasiga kirmaydi. U ham g‘alaba uchun jang qiladi. Biroq, Chimayevda ustun jihatlar ko‘p. “Parter”da anchagina ustun va bu ustunlik g‘alabani taʼminlaydi, deb o‘ylayman.

Navro‘z Otaqulov – murabbiy

- Bu jang haqida fikr bildiradigan bo‘lsak, Chimayev Kostga nafaqat “parter”da balki “stoyka”da ham imkoniyat qoldirmaydi. Ko‘pchilik bu jangda Chimayevni asosan kurashadi, degan fikrlarni aytyapti. Lekin men boshqacharoq fikrdaman. Yaʼni, Chimayevda o‘ziga xos harakter mavjud u raqibini kuchli jihati bilan mag‘lub etishni xohlaydi. Jang “stoyka”da bo‘ladi va Chimayev g‘alaba qozonadi.

Yoqutbek Tursunov –oktagon anonseri

- Bu jang turnirning eng yorqin va qiziqarli to‘qnashuvi bo‘ladi. Katta ehtimol bilan bonus aynan ushbu jangga beriladi. Imkoniyatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Chimayevning imkoniyatini yuqori baholagan bo‘lardim. Uning kurashi Kosta uchun qiyinchilik tug‘diradi. Lekin jang muddatidan avval yakunlanadi, deb o‘ylamayman. Kosta ham oddiy jangchi emas. Nazarimda ochkolarga ko‘ra, Chimayev yutadi.

Muso Mametov – murabbiy

- To‘g‘risi, Chimayev uchun oson bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Ammo, MMAda 60-70 % kurash g‘alabani taʼminlaydi. Shuning uchun baribir imkoniyat Chimayevda ko‘proq. Qolaversa, Chimayevning qo‘l-oyoq zarbalari ham ancha yaxshi ishlaydi. Imkoniyatlarni :0/40 degan bo‘lardim.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamzat Chimayev- Paulo Kosta jangi borasida o‘zbek MMA olami vakillari qanday fikrda?