date
views 396

Neymar va Benzema Osiyoda qadr topib, qiymat yo‘qotdi!

Neymar va Benzema Osiyoda qadr topib, qiymat yo‘qotdi!

Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi. Yangi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, narxi eng ko‘p arzonlagan o‘yinchilar Osiyoni tanlagan yorqin yulduzlar bo‘lib chiqdi.

Eng ko‘p narxi tushgan futbolchilar Neymar, Sergey Milinkovich-Savich va Karim Benzema bo‘ldi. Ularning transfer summasi o‘n million yevroga pastlagan.

Osiyoga qadam bosib qiymati tushgan futbolchilar o‘nligi quyidagi ko‘rinishga keldi:

  • Neymar (“Al-Hilol”) € 50 (-10) mln.
  • Sergey Milinkovich-Savich (“Al-Hilol”) € 40 (-10) mln.
  • Karim Benzema (“Al-Ittihod”) € 15 (-10) mln.
  • Allan Sen-Maksimen (“Al-Ahli”) € 24 (-8) mln.
  • Seko Fofana (“An-Nasr”) € 24 (-8) mln.
  • Demaray Grey (“Al-Ittifoq”) € 12 (-8) mln.
  • Frank Kesse (“Al-Ahli”) € 20 (-5) mln.
  • Marko Brozovich (“An-Nasr”) € 20 (-5) mln.
  • Yannik Ferreyra Karrasko (“Ash-Shabab”) € 20 (-5) mln.
  • Fabino (“Al-Ittihod”) € 38 (-4) mln.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar va Benzema Osiyoda qadr topib, qiymat yo‘qotdi!