Bundesliga 9-turidan o‘rin olgan "Bavariya" - "Darmshtadt 98" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari yirik 8:0 hisobida zafar quchdi.
Qiziqarlisi, myunxenliklar futbolchisi Kimmix 4-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
Shu tariqa, Tuxel shogirdlari ochkolari sonini 23 taga yetkazib olib, jadvalda peshqadamga aylanib oldi.
Bavariya – Darmshtadt 8:0 (0:0, 8:0)
Gollar: 1:0 – 51 Keyn, 2:0 – 56 Sane, 3:0 – 60 Musiala, 4:0 – 64 Sane, 5:0 – 69 Keyn, 6:0 – 71 Myuller, 7:0 – 76 Musiala, 8:0 – 88 Keyn.
Bavariya – Noyyer, Mazraviy, de Ligt (Pavlovich, 77), Kim Min Je, Devis (Kretsig, 66), Kimmix, Laymer (Tel, 77), Koman (Myuller, 65), Sane, Musiala (Shupo-Moting, 77), Keyn.
Darmshtadt – Shuen, Bader, Klarer (Ishervud, 72), Maglitsa, Gyasula, Nyurnberger, Kempe (Karich, 62), Shnellxardt (Honzak, 46), Melem (Franich, 62), Skarke, Pfayffer (Tsimmermann, 45).
Ogohlantirishlar: de Ligt (38), Bader (49), Nyurnberger (69).
Chetlatishlar: Kimmih (4), Gyasula (21), Maglitsa (41).
350 kunlik tanaffusdan keyin Manuel Noyyer «Bavariya» darvozasiga qaytdi va ikkinchi bundesligadan chiqib kelgan jamoaga qarshi o‘yinda sheriklari unga tom ma’noda muammo yaratishdi. 4-daqiqadayoq Kimmih o‘z jamoasi jarima maydoni yaqinida to‘pni yo‘qotgach yakkama-yakka vaziyatga chiqib borayotgan raqibni gazonga qulatib, qizil kartochka oldi. Bu ajablanarli, ammo shu yilacha bavariyaliklarning ushbu yetakchisi hech qachon maydondan chetlatilmagandi, fevraldan buyon esa unga ikki bor qizil kartochka ko‘rsatildi.
Ko‘p o‘tmay Tomas Tuxel ham ogohlantirildi, u jahlini tiya olmasdan maydonga chopib chiqdi va hakam uni futbolchisi ortidan kiyim almashtirish xonasiga yuborishi ham mumkin edi. Ammo, umuman olganda, hakam o‘yinni yomon boshqarmadi. Ha, arbitr VAR tavsiyasidan keyin vaziyatni ko‘rib chiqib Laymer tomonidan ishlangan penaltini bekor qildi, avstriyalik futbolchini jarima maydoniga kirmasidan oldin yiqitishgandi. Bu vaziyatda «Darmshtadt» futbolchilaridan biri maydondan chetlatildi, 41-daqiqaga kelib esa mehmonlar to‘qqiz kishi bo‘lib qolishdi.
Ular tanaffusgacha chidab berishdi, ammo keyin bavarlarning klassik ekzekutsiyasi boshlandi. Bunday natijada tafsilotlarni keltirish ortiqcha, lekin bir bo‘limda sakkiz gol urilishi — hatto «10 ga 9» formatida ham — unikal hodisadir. «Bavariya»da bunaqasi hech qachon kuzatilmagan. Bundan tashqari, bundesligada hech kim to‘qqizinchi turga kelib 34 gol urib ulgurmagandi. Keyn ham tarixiy ko‘rsatkich qayd etdi. Uning mavsum startida to‘qqiz o‘yindagi 12 aniq zarbasi — Germaniya chempionatidagi rekord ko‘rsatkich, qolaversa shanba kuni Harri gollaridan birini maydon markazidan turib urdi. U jamoa safida barcha turnirlar doirasidagi 13 o‘yinda 14 gol urgan va 7 golga uzatma bergan.
Leroy Sane ham ajoyib statistika qayd etmoqda: Bundesliganing to‘qqiz o‘yinida sakkiz gol. U Keyn bilan to‘purarlar uchligini to‘ldirgan, oldinda faqat «Shtutgart» superto‘purari Seru Girassi (14 gol).
Myullerga esa o‘z nomini tarixga muhrlab qo‘yish uchun bitta aniq zarba yetarli bo‘ldi va u endi qatorasiga 15 mavsum davomida kamida bittadan gol urgan ilk bavariyalikdir.
Girassisiz o‘ynab, o‘z uyida «Hoffenhaym»ga yutqazgan «Shtutgart»ning qoqilishidan foydalangan bavariyaliklar birinchi o‘ringa ko‘tarildi va kamida «Bayyer»ning yakshanba kungi o‘yini yakunlanganicha shu o‘rinda qoladi. Keyingi haftada esa Dortmundga qarshi nemis klassikasi bo‘lib o‘tadi. U yerda — Kimmihning diskvalifikatsiyasi va Goretskaning jarohati ham inobatga olinsa — o‘ynash oson bo‘lmaydi.
«RB Leypsig» – «Kyoln» 6:0 (4:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 15, penalti Verner, 2:0 – 40 Openda, 3:0 – 43 Raum, 4:0 – 45 Openda, 5:0 – 88 Sheshko, 6:0 – 90 Baumgartner.
«RB Leypsig» – Blasvih, Henrihs, Klostermann, Lukeba, Simakan, Raum (Lens, 75), Shlager, Aydara, Simons (Olmo, 63; Karvalyu, 70), Verner (Baumgartner, 63), Openda (Sheshko, 75).
«Kyoln» – Shvebe, Karstensen, Shabo (Kilian, 46), Hyubers, Pakyarada, Kayns (Huseynbashich, 70), Lyubichich, Mayna (Alidu, 46), Martel, Zelke (Ut, 77), Valdshmidt (Olesen, 70).
Ogohlantirishlar: Simakan (19), Shabo (29), Roze (35), Olesen (72), Klostermann (79), Baumgart (82), Kilian (85).
Chetlatish: Olesen (80).
«Leypsig»da ham bu turda muammo bo‘lmadi, jamoa to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha Dortmundning «Borussiya» klubiga yetib oldi. «Bavariya»dan farqli o‘laroq, «ho‘kizlar» jamoasi barcha masalani tanaffusga qadar hal qilib qo‘yishdi, 40-daqiqadan keyingi oraliqda uch gol urildi. Yirik hisobni shu hafta safga qaytgan Verner boshlab berdi, u hozirda Marko Roze jamoasida asosiy hujumchi bo‘lmasa ham, «Leypsig» tarixidagi eng yaxshi to‘purar. Ayni vaqtda jamoada asosiy bo‘lgan Openda shu kuni ikki gol urdi va gollari sonini 8 taga yetkazdi. Belgiyalik futbolchi jamoaning bu mavsumdagi rekordiga katta hissa qo‘shmoqda. Jamoa shu vaqtgacha to‘qqiz turda hech qchon yigirmatadan ortiq gol urmagandi, bu mavsumda esa 25 gol urib ulgurdi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring