23:02 / 01.11.2023
184

Midori Xonda: "Navbatdagi bosqichda katta ehtimol bilan Avstraliya bizga raqib bo‘ladi"

Midori Xonda: "Navbatdagi bosqichda katta ehtimol bilan Avstraliya bizga raqib bo‘ladi"

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi "Women's Olympic Football Tournament Paris 2024" turnirining navbatdagi saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Vakillarimiz so‘nggi turda Hindiston terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda o‘z fikrlarini bildirdi.

"Keyingi bosqichga chiqish uchun, avvalo g‘alaba qozonishimiz shart edi. O‘z oldimizga qo‘yilgan vazifani uddaladik. "V" guruhidagi Xitoy – Janubiy Koreya o‘yinini ham kuzatib bordik, biroq futbolchilarga bahs yakunlanganidan so‘ng bu haqda ma’lum qildik.

Navbatdagi bosqichda katta ehtimol bilan Avstraliya bizga raqib bo‘ladi. Ular juda kuchli jamoa, biroq biz ham bor imkoniyatimizni ishga solamiz va futbolchilar bilan birgalikda o‘sishda davom etamiz", - dedi yaponiyalik mutaxassis.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Midori Xonda: "Navbatdagi bosqichda katta ehtimol bilan Avstraliya bizga raqib bo‘ladi"