"Lokomotiv"da qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini bilasizmi?

2 daqiqa o'qish452
"Lokomotiv"da qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini bilasizmi?

2022 yili Superligadagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin pro ligaga ravona bo‘lgan “Lokomotiv” kutilganidek bir yillik tanaffusdan so‘ng yana Superligaga qaytdi. “Temiryo‘lchilar”ning pro ligada favorit ekanligiga hech kimda shubha yo‘q edi va elitaga qaytishiga hamma ishongandi, amalda ham bu tasdig‘ini topdi.

Rosti, “Lokomotiv” 2024 yilgi mavsumdayoq avvalgi mavqeini tiklash uchun katta qadam tashlamoqchi. Klub rahbariyati allaqachon yangi mavsum rejalarini ishlab chiqqan va shu asnoda ishlarni boshlab yuborishgan. Yaqinda bosh murabbiy Denis Korostichenko Sports.uz saytiga bergan intervyusida klubdan ketganligini aytgandi.

Shu bilan birga murabbiylar shtabida Korostichenko Mirko Yelichich bilan tandem sifatida ishlagandi. Ammo yangi mavsumda klubda butkul boshqa murabbiylar shtabi ish boshlaydi. Chunki Korostichenkodan keyin Yelichichni ham “Lokomotiv”dan ketgani ma’lum bo‘ldi. Klub ularga vazifani bajarib, “Lokomotiv”ni Superligaga qaytarishgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Jamoa aynan ularning murabbiyligi ostida elitani tark etgandi va yana ularning boshchiligida qaytdi. Endi esa “Lokomotiv” rahbariyati yangi mavsumda jamoani yangi murabbiylar shtabiga ishonib topshirmoqchi. Ya’ni, klubda shakllantirish ishlari qayta olib boriladigandek ko‘rinyapti.

"Lokomotiv"da qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini bilasizmi?

Ma’lum bo‘lishicha, “Lokomotiv” klubiga yangi mavsumda serbiyalik mutaxassis Aleksandr Stoymirovich bosh murabbiylik qiladi. 41 yoshli murabbiy muxlislarimizga yaxshi tanish. Chunki u yurtimizda 2021 yildan beri faoliyat olib bormoqda. Stoymirovich jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida yodda qolgan. Avvaliga “Nefchi”, keyin “Navbahor”da ishladi. Bu yil esa oxirgi jamoasi OKMK hisoblanadi. Serbiyalik mutaxassis Mirjalol Qosimov jamoasida ham asosan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy bo‘lib ish olib bordi. Rosti, Stoymirovich haqida oldindan ancha iliq fikrlarni eshitib kelamiz. Katta ehtimol, u 2024 yili mustaqil ravishda bosh murabbiy sifatida “Lokomotiv”ni boshqaradi. Jamoa rahbariyati ancha avval serbiyalik murabbiy bilan uchrashgan va barchasini kelishib olishgan. Darvoqe, yana bir ma’lumot: Stoymirovichga murabbiylar shtabida sobiq futbolchilar va murabbiylikka yaqindan qadam qo‘ygan Akmal Shorahmedov va Shavkat Mullajonov yordam berishi kutilmoqda.

"Lokomotiv"da qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini bilasizmi?

Shuningdek, klub rahbariyati tarkib masalasida ham barvaqt o‘zgarishlarni boshlab yuborgan.  Yaqinda saytimiz orqali “Navbahor”ni tark etgani aytilayotgan Jasur Yaxshiboyevning yangi mavsumni “Lokomotiv”da boshlashi kutilmoqda. Shu bilan birga OKMKdan yetakchi futbolchilar – Anzur Ismoilov bilan Sanjar Tursunov ham kelasi yilni “Lokomotiv”da boshlaydilar, katta ehtimol. Ikkala o‘yinchi ilgari “Lokomotiv”da to‘p surishgan. Masalan, Ismoilov 2018-2019 yilgi mavsumlarda “temiryo‘lchilar” sharafini himoya qilgan. Tursunov esa 2013 yilda yarim mavsum davomida “Loko” uchun o‘ynagan va u yerdan Rossiyaga, “Gazovik” klubiga yo‘l olgan. Ko‘rib turganingizdek, “Lokomotiv”da tanilgan nomlar paydo bo‘lyapti.

Hozircha shunaqa gaplar. To‘g‘ri, biz bergan ma’lumotlar hali rasman tasdiqlangani yo‘q. Biroq voqealar rivoji shunga qarab ketmoqda.

Shuhratbek Jo‘rayev.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?