20:30 / 19.11.2023
221

Nagelsmann: "G‘alaba qozonish ishtiyoqi hech kimda bo‘lmaganidan keyin jamoani ayblab bo‘lmaydi"

Nagelsmann: "G‘alaba qozonish ishtiyoqi hech kimda bo‘lmaganidan keyin jamoani ayblab bo‘lmaydi"

Germaniya termasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Turkiyadan uchralgan mag‘lubiyat haqida gapirdi.

Bu nemis mashinasining Nagelsmann qo‘l ostidagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi. Germaniya termasi bunga qadar AQSH (3:1) va Meksika (2:2) termalariga qarshi bahs olib borgandi.

"Dastlabki golni juda oddiy tarzda qo‘yib yubordik - shunchaki o‘ta agressiv himoyalandik. Aslida holat oddiygina edi.

Ayrim futbolchilar hissiyotlarini o‘yinga olib chiqmadi. Bunday o‘yinlardagi g‘alabalar uchun hissiyotlar juda muhim. Dastlabki 10 daqiqadayoq raqibni yanchib tashlashimiz mumkin edi. Bunday bo‘lsa, o‘yin yakuniy natijasi boshqacha bo‘lardi.

Avstriya termasining o‘yini Turkiyanikidan yaxshiroq. G‘alaba qozonish ishtiyoqi hech kimda bo‘lmaganidan keyin jamoani ayblab bo‘lmaydi. Har bir futbolchi xuddi raqiblari kabi g‘alaba istagida o‘ynashi kerak. Faqatgina shu orqali yuqori sifatli o‘yin ko‘rsatish mumkin", - dedi Nagelsmann.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nagelsmann: "G‘alaba qozonish ishtiyoqi hech kimda bo‘lmaganidan keyin jamoani ayblab bo‘lmaydi"