21:56 / 19.11.2023
478

Rahmon Rizoi: "O‘zbekistonning imkoniyatini past baholamasligimiz kerak"

Rahmon Rizoi: "O‘zbekistonning imkoniyatini past baholamasligimiz kerak"

Eron yordamchi murabbiyi Rahmon Rizoi JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘zbekistonga qarshi o‘yin qiyin o‘tadi. Yigitlar diqqatini jamlagan holda odatdagidek o‘z o‘yinini ko‘rsatishsa, raqibni mag‘lub etishi mumkin.

Yaqin davr mobaynida o‘zaro qarama-qarshiliklarni solishtiradigan bo‘lsak, bo‘lajak to‘qnashuv eng qiyini bo‘ladi. Bu jamoa haqida yetarlicha ma’lumotga egamiz. Raqib imkoniyatini past baholab, xatoga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim", - dedi eronlik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Eron uchrashuvi 21 noyabr kuni 18:00 da start oladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rahmon Rizoi: "O‘zbekistonning imkoniyatini past baholamasligimiz kerak"