“Nasaf” futbol klubi tajribali yarim himoyachi Akmal Mozgovoy bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Akmal jamoa bilan 2025 yilning oxirigacha amal qiladigan bitimni imzolagan.
Akmal Mozgovoy 2018 yildan buyon qarshiliklar sharafini himoya qiladi. Futbolchi “Nasaf” bilan uch marta O‘zbekiston Kubogini, bir marta O‘zbekiston Superkubogini, bir marta Superliganing kumush va bir marta bronza medallarini qo‘lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar