“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh futboldan bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishi haqida gapirib berdi. Misrlik yigit shaxmat ishqibozi ekan.
- Men shaxmat o‘ynayman. Dona surishga o‘rganib qolganman. Deyarli har kuni onlayn shaxmat o‘ynayman.
Partiya vaqtida ismimni to‘liq yozmayman. Raqamlarni kirib qo‘yaman. Ayrimlar “Haqiqatan sen Muhammad Salohmisan?”, - deb so‘raydi. Ular baribir ishonmaydi.
Men shaxmatni Magnus Karlsen darajasida bo‘lmasa ham, juda yaxshi o‘ynayman. Magnusga qarshi o‘yinda hech kimda yutishga imkoniyat bo‘lmaydi. Men bir kun kelib, u bilan dona surishni umid qilaman, - dedi Muhammad Saloh.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar