Bugun tongda AQSHning Arizona shtatida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks kechasi tashkil etildi. Ma’lumki, ushbu jang kechasining 2-markaziy jangida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (12-1,9 KO) meksikalik mag‘lub bo‘lmagan bokschi Kevin Gonsales 926-1-1,13 KO) bilan WBA eliminator jangida ringga ko‘tarildi.
Quvonarlisi yurtdoshimiz 12 raund qilib belgilangan bahsning 8-raundida texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Markaziy jangda esa 50.8 kg vaznda Jessi Rodriges (19-0,12 KO)va Sanni Edvardsga (20-1,4 KO)qarshi WBO hamda IBF chempionlik kamarlarni birlashtiruvchi to‘qnashuvda ringga ko‘tarildi va 9-raundda g‘alaba qozonib, ikki titulni o‘ziniki qilib oldi.
Shuningdek, bir qator janglar ham bo‘lib o‘tdi va unda quyidagi natijalar qayd etildi:
Jalal Yafai (6-0,4 KO) – Rokka Santamauro (22-2,6 KO) – Yafai ochkolarga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Jariko O' Kuin (17-1-1,9KO) – Piter Makgreyl (8-1,5 KO) - O' Kuin 5-raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Arturo Popoka (12-0-1,8 KO) – Karlos Mujika (8-4,2 KO) –Popoka 4-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
Junaid Bostan (8-0,6 KO) – Gordi Russ (6-1,6 KO) –Bostan ochkolarga ko‘ra zafar quchdi.
Albert Gonsales (7-0,3 KO) – Aleks Eduardo Molina (9-3-1,5 KO) – Gonsales 2-raundda nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Jo Makgril (8-0,4 KO) – Edgar Ortis (8-5-2,4 KO) –Makgril 2-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!