Ayni damda erkin agent bo‘lib turgan Odil Hamrobekovning kelajagi ko‘pchilik uchun qiziq. Jurnalist Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayevning o‘z telegram kanalida ma’lum qilishicha, 27 yoshli yarim himoyachining oldidan uchta zo‘r variant bor.
"Odil Hamrobekov "Paxtakor", "Nasaf" va " Navbahor" uchburchagiga tushib qoldi. "Sherlar" "Elit Liga" oldidan Odilni yo‘qotishni istamayapti.
Narigi tomonda Berdiyev (Bu yil legionerlardan ko‘ra ko‘proq sobiq nasafchilarga ko‘z tikkan) Hamrobekovni aytgan maoshini berishga tayyor. Futbolchi o‘yin uslubi jihatdan ham "Nasaf"ga juda mos keladi.
Bundan tashqari "Navbahor" markazni kuchaytirishga (Jokichni "Navbahor"dan ketib qolish ehtimoli yuqori) jiddiy kirishgan. "Lochinlar" muzokarani (Samvel Babayan bu borada benazir) birinchi qismini boshlagan ham.
Qisqasi, Hamrobekov bu transfer oynasining eng katta nishoniga aylandi", - deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring