
Osiyo kubogi boshlanishiga 7 kun qoldi. Musobaqa oldidan raqamlar bilan tanishing.
➖ Qatarda start oladigan bu galgi Osiyo kubogi OFK tomonidan 18-bor tashkil etilmoqda.
➖ Qatar Osiyo kubogi final bosqichiga eng ko‘p mezbonlik qilgan mamlakat, shuningdek, musobaqaning amaldagi g‘olibi ham hisoblanadi.
➖ Koreya Respublikasi va Eron terma jamoalari turnirda eng ko‘p ishtirok etgan bo‘lsa-da (15 marta), bosh sovrinni Yaponiya eng ko‘p qo‘lga kiritgan (4 marta, 1992, 2000, 2004, 2011).
➖ Osiyo kubogi final bosqichining eng yaxshi to‘purari Ali Dayi bo‘lib, eronlik hujumchi turnirda 14 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
➖ Osiyo kubogi final bosqichida eng ko‘p ishtirok etgan futbolchi – Ignatiy Nesterov hisoblanadi. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 5 marta ushbu turnirda qatnashgan (2004, 2007, 2011, 2015, 2019).
➖ 2019-yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo kubogida ishtirokchi terma jamoalar soni 16 tadan 24 taga ko‘paytirildi. Musobaqa davomida jami 51 ta uchrashuv o‘tkazilgan. Shuningdek, 2019-yilda 1956-yildan 2015-yilga qadar foydalanilgan kubok dizayni ham o‘zgartirilgan.
➖ Osiyo kubogi final bosqichida 1996-yildan buyon muntazam ravishda ishtirok etib kelayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 uchrashuv o‘tkazgan va ularning 13 tasida g‘alabaga erishgan. Jamoamizning turnirdagi eng yaxshi natijasi yarim final bo‘lib, 2011-yil aynan Qatarda qayd etilgan.
➖ Milliy jamoamizning Osiyo kuboklaridagi eng yaxshi to‘purari esa Aleksandr Geynrix hisoblanadi (6 gol).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar