23:27 / 11.01.2024
198

Husniddin Aliqulovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

Husniddin Aliqulovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi

Husniddin Aliqulovning jarohati bo‘yicha ma’lumot berildi.

"Milliy terma jamoamizning Falastin bilan bo‘lgan mashg‘ulot o‘yinining birinchi bo‘limida himoyachi Husniddin Aliqulovni og‘riq bezovta qildi va murabbiylar uni almashtirishdi. Shifokorlar tomonidan Aliqulovga zarur muolajalar ko‘rsatildi. Dastlabki ko‘rikda uning avvalgi jarohati yana qaytalangani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng Qatardagi “Aspetar” klinikasida uning holatini o‘rganish bo‘yicha kerakli amaliyotlar bajarildi. Terma jamoamiz tibbiy shtabi barcha xulosalarni o‘rganib chiqdi va Aliqulovning tuzalib qaytishiga taxminan 4 hafta vaqt talab etilishi ma’lum bo‘ldi. Bu esa unga Osiyo kubogi mobaynida jismoniy holati hamda sport formasini to‘liq tiklashga to‘sqinlik qiladi. Yosh himoyachimizga salomatlik tilaymiz!", - deb xabar berdi UFA matbuot xizmati.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husniddin Aliqulovning sog‘lig‘i haqida ma’lumot berildi