date

Mourino o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan himoyachilar

Mourino o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan himoyachilar

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibni yangi futbolchilar bilan kuchaytirishni istamoqda. Xususan mutaxassis bir nechta o‘yinchilarning nomzodini o‘rganib chiqmoqda. Quyida shular borasida so‘z yuritamiz.

Rafael Varan, “Real”

Mourinoning sevimli shogirdi aynan Varan hisoblanadi. “Real”ni boshqargan paytlari Varan klubning etakchilaridan biriga aylangandi. Doimiy tarkibdan joy olmoqda edi. Lekin Mourino ketganidan keyin murabbiylar fransiyalik himoyachiga unchalik ishonch bildirmay qo‘ydi. Natijada, Varan “qirollik” jamoasini tark etishni istab qoldi. Bu esa Jozega ayni muddao bo‘ldi. U Varanni o‘z jamoasiga taklif qilishni istamoqda.

Kostas Manolas, “Roma”


“Roma” himoyachisi ham Mourinoning diqqat markaziga tushib bo‘lgan. Manolasga birgina “MYu”ga qiziqayotgani yo‘q. Unga “Arsenal” tomonidan ham taklif bo‘lmoqda. Faqat, “Roma” futbolchini qo‘ yib yuborgisi kelmayapti. Uni kattaroq mablag‘ga sotishni istamoqda. Shunga qaramay, Joze yaqin orada himoyachi masalasida “Roma”ga taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Shkodran Mustafi, “Valensiya”

So‘nggi paytlarda Mustafiga qiziqish bildirayotgan jamoalarning soni oshib ketdi. “Arsenal” ketidan “Manchester Yunayted” ham talabgor sifatida qaralmoqda. Joze Mourino hozirgi pallada jamoaning himoyasini kuchaytirishni istamoqda. Mustafi esa uning talablariga javob beradigan himoyachilardan biri hisoblanadi. Shu boisdan “MYu” “Valensiya”dan uni sotib olishi mumkin.

Leonardo Bonuchchi, “Yuventus”


“Yuventus”ning ishongan futbolchilaridan biri bo‘la olgan Bonuchchi ham tez orada faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga “Manchester Yunayted” jamoasi tomonidan qiziqish bo‘lmoqda. Ba’zi manbalarga ko‘ra, “MYu” skautlari Leonardo bilan transfer yuzasidan suhbatda bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mourino o‘z jamoasida ko‘rishni istayotgan himoyachilar