O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Jaloliddin Masharipov Suriyaga qarshi o‘yindan keyin OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.
"Biz yetarlicha yaxshi o‘ynamadik. Bu birinchi o‘yin edi, balki shuning uchun ham bosim ostida qoldik va kutilganidek o‘yin ko‘rsatolmadik. Birinchi bellashuvda xato qilmaslikka harakat qildik.
Suriya durang natijani saqlab qolishga harakat qildi va ular buni yaxshi uddaladi. Birinchi bo‘limda ko‘p vaziyat yarata olmadik. Ammo ikkinchi taymda bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Bizga Eldorning yo‘qligi ham o‘z tasirini o‘tkazdi.
Bizda pley-off bosqichiga chiqishga hali umid bor. Nima qilishimiz kerakligini tahlil qilamiz va keyingi ikki o‘yinga to‘liq tayyorlanamiz.
O‘zbekiston uchun nimalarga qodir ekanligimizni ko‘rsatishga intilamiz va qolgan o‘yinlarda borimizni beramiz", - dedi Masharipov.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring