"Nasaf" Turkiya yig‘inlari doirasida to‘rtinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Unda raqib sifatida Voronejning "Fakel" jamoasi maydonga tushdi.
Bahsda rossiyaliklar hisobni ochgandi. Ikkinchi bo‘limda Islom Kenjaboyev hisobni tenglashtirdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Marko Stanoyevich jarimadan gol urib, qarshiliklarga g‘alaba keltirdi.
"Nasaf" - "Fakel" (Rossiya) 2:1
Gollar: Sergey Brizgalov (17), Islom Kenjaboyev (75), Marko Stanoyevich (79).
"Nasaf" - Zafar Safoyev, G‘olib G‘aybullayev, Igor Golban, Zafar Hakimov, Akmal Mozgovoy, Javohir Siddiqov, Jaba Jigauri, Islom Kenjaboyev, Murodbek Rahmatov, Nodirbek Mukarov, Aslidin Tursunpo‘latov.
Zaxiradan tushganlar: Marko Stanoyevich, Shahzod Akramov, Viktor Da Silva, Asliddin Tursunpo‘latov, Bekjon Jo‘raboyev.
"Fakel" - Gudiyev, Masternoy, Brizgalov, Bojin, Kalinin, Alshin, Mendel, Yakimov, Magal, Motspan, Appayev.
Zaxiradan tushganlar: Belenov, Cherov, Senxaji, Suslov, Poyarkov, Kvekveskiri, Sele, Bagateliya, Kovalyov, Bagamayev, Maksimov.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring