FIFA ko‘k kartochka haqidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi
1 daqiqa o'qish282

FIFA futbolda joriy etilishi mumkin bo‘lgan ko‘k kartochka borasidagi xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
“FIFA ko‘k kartochkalar top darajadagi o‘yinlarda qo‘llanilishi noto‘g‘riligini, bunga hali erta ekanligini ma’lum qiladi.
Shunga o‘xshash har qanday sinovlar quyi darajalarda sinalishi kerak.
FIFA 2 mart kuni bo‘lib o‘tadigan IFAB'ning yillik umumiy yig‘ilishida masala yuzasidan o‘z pozitsiyasida qat’iy turadi”, — deyiladi tashkilot bayonotida.
Avvalroq, Xalqaro futbol assotsiatsiyasi uyushmasi (IFAB) ko‘k kartochka borasida qarorni qabul qilgan va tez orada e’lon qilishi xabar qilingandi. Hakam ushbu kartochkani hujumni qasddan to‘xtatishga qaratilgan qo‘pollik uchun, shuningdek, o‘yin rasmiylari bilan kelishmovchilik bo‘lgan paytda ko‘rsatadi.
Ko‘k kartochka olgan futbolchi 10 daqiqaga maydondan chetlatiladi.

Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…