Iordaniya va Qatar termalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi final o‘yinidan oldin iordaniyalik bosh murabbiyi Husayn Ammuta chempionlik o‘yiniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qatnashdi.
"Final o‘yini qanchalik muhim ekanini tasvirlab o‘tirish shart emas. Ikki jamoa ham tarixiy chempionlik uchun jang qiladi. Final o‘yiniga odatdagi kabi tayyorgarlik ko‘rdik. Futbolchilar o‘z darajalarini maydonda asl holicha ko‘rsata olishadi deb o‘ylayman. O‘z darajamizni namoyish qilgan holda finalga yetib keldik. Final qanchalik muhimligi barchamizga ravshan. Bu Iordaniya futboli tarixidagi ilk katta sovrin bo‘lishi mumkin.
Shu bosqichgacha erishgan natijalarimizdan to‘liq qoniqdim. Iordaniyani final o‘yinigacha yetaklash men uchun eng avvalo shaxsiy sinov edi. Maqsad qo‘ydim va bunga erishdik. Hal qiluvchi o‘yinga tarkibdagi barcha o‘yinchilar tayyor. Kichik jarohat va muammolar bor, ammo barcha o‘yinchilar finalga shay.
Qatar amaldagi chempion, bundan tushqari o‘z uyida o‘ynamoqda. Ularga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish haqiqiy to‘siq. Final o‘yinidan oldin jamoa sifatida har qachongidan ham ko‘proq birlashganmiz. Finish chizig‘ini omadli kesib o‘tamiz deb umid qilaman. Kutganimizdan ham ko‘prog‘iga erishish asosiy maqsadimizdir", - deydi Husayn Ammuta.
Eslatib o‘tamiz, Iordaniya va Qatar termalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi final o‘yini 10 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi