00:15 / 16.02.2024
171

Marselo Galyardo: "'Navbahor' himoyasi zich edi, shu sababli, uni yorib o‘tolmadik"

Marselo Galyardo: "'Navbahor' himoyasi zich edi, shu sababli, uni yorib o‘tolmadik"
OCHL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Al Ittihod" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Marselo Galyardo matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, ammo maydon yuqori sifatda emasdi. Biz yaxshi himoyalandik va darvozamiz yonida xavf yaratilishiga yo‘l qo‘ymadik. Birdamlikda harakat qildik. Jamoaning o‘yinidan xursandman.

Raqib himoyasi zich edi, shu sababli, uni yorib o‘tolmadik. Jidda shahridagi o‘yin boshqacha o‘tadi. So‘nggi vaqtlarda jarohatlar tufayli bizga omad kulib boqmadi.

Biz 19 nafar futbolchi bilan o‘ynayapmiz, qolganlarning ham tezroq safga qaytishi uchun harakat qilyapmiz.

Bugun Romarinoda ham biroz zo‘riqish sezildi, ammo bu jarohat emas. Menimcha, u javob o‘yiniga shay holatda bo‘ladi", — dedi argentinalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marselo Galyardo: "'Navbahor' himoyasi zich edi, shu sababli, uni yorib o‘tolmadik"