Yangi WBO reytingida o‘zbekistonlik bokschilar band etgan o‘rinlar bilan tanishing

WBO fevral oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qilindi. Mazkur reytingda Hasanboy Do‘smatov yuqoriladi, qolganlar o‘z o‘rnida qoldi.
Unda hamyurtlarimizdan Hasanboy Do‘smatovning o‘rni o‘zgargan. U 7-pog‘onadan 6-o‘ringa yuqoriladi. Qolganlar esa o‘tgan oydagi kabi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishgan.
Jami, reytingdan 6 nafar bokschimiz joy olgan:
Hasanboy Do‘smatov (48,8 kg) 6-o‘rin;
Olimjon Nazarov (- 50,8 kg) 5-o‘rin;
Murodjon Ahmadaliyev (- 55,3 kg) 7-o‘rin;
Shahram G‘iyosov (- 66,6 kg) 3-o‘rin;
Bektemir Meliqo‘ziyev (- 76,2 kg) 7-o‘rin;
Bahodir Jalolov (- 90,7 kg) 15-o‘rin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing