O‘zbekistonda 1 kg palov tayyorlash tannarxi qancha? Eng qimmat va eng arzon hududlar...

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- 2026-yil sentyabr oyida O‘zbekistonda 1 kg palov tayyorlash uchun xomashyo qiymati 111 ming so‘mdan 132 ming so‘mgacha bo‘ldi.
- Eng qimmat palov Toshkent shahrida (132 625 so‘m), eng arzoni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (111 955 so‘m) qayd etildi.
- Bu ko‘rsatkichlar uyda tayyorlash uchun sarflanadigan mahsulotlarning sof qiymatini ifodalaydi.
O‘zbek dasturxonining shoh taomi bo‘lmish milliy palovni uy sharoitida tayyorlash xarajatlari qanchaga tushadi? Milliy statistika qo‘mitasi 2026 yilning sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlash uchun zarur xomashyolar qiymatini hisoblab chiqdi.
Tahlillarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 1 kg osh pishirish uchun ketadigan xarajatlar hududlar bo‘yicha 111 ming so‘mdan 132 ming so‘mgacha bo‘lgan oraliqni tashkil etmoqda. Eng qimmat ko‘rsatkich Toshkent shahrida, eng arzon qiymat esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida qayd etildi.
Hududlar reytingi: Qayerda qimmat, qayerda arzon?
Hududlardagi oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navodan kelib chiqib, 1 kg palovning mahsulot qiymati quyidagicha taqsimlandi:
Eng qimmat uchlik: Ro‘yxatning yuqori pog‘onalarini Toshkent shahri (132 625 so‘m), Farg‘ona viloyati (129 142 so‘m) va Toshkent viloyati (126 786 so‘m) band etdi;
O‘rta pog‘onalar: Samarqand (125 828 so‘m), Qashqadaryo (124 515 so‘m), Surxondaryo (123 762 so‘m), Buxoro (123 248 so‘m), Navoiy (123 110 so‘m), Xorazm (122 563 so‘m), Namangan (121 679 so‘m) va Jizzax (121 331 so‘m) viloyatlarida xarajat 121–125 ming so‘m atrofida bo‘lmoqda;
Eng arzon hududlar: Sirdaryo viloyati (117 600 so‘m), Andijon viloyati (118 112 so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (111 955 so‘m) palov mahsulotlari narxi eng maqbul bo‘lgan manzillar sifatida qayd etildi.
Hisob-kitob mezoni: 1 kg palov uchun qancha mahsulot kerak?
Statistika qo‘mitasi mazkur qiymatlarni muayyan standart retsept asosida, bozorlardagi o‘rtacha iste’mol narxlarini inobatga olgan holda shakllantirgan:
Mol go‘shti: 700 gramm;
Guruch («Lazer» navi): 1 kilogramm;
Sabzi: 1 kilogramm;
Kungaboqar yog‘i: 0,3 litr;
Piyoz: 300 gramm;
No‘xat: 100 gramm;
Zira: 10 gramm;
Osh tuzi: 20 gramm.
Mutasaddilarning alohida eslatib o‘tishicha, ushbu keltirilgan raqamlar umumiy ovqatlanish muassasalari (oshxonalar va choyxonalar)da tayyor holda sotilayotgan bir kilogramm palov narxini emas, balki aynan uni uyda tayyorlash uchun sarflanadigan xomashyo mahsulotlarining sof qiymatini ifodalaydi.































Izohlar 0
…