Parij – 2024 yilgi Olimpiada mezbonligi uchun asosiy da’vogar

Fransiya poytaxti Parij shahri 2024 yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari mezbonligi uchun raqobatda boshqa da’vogarlarga nisbatan katta ustunlikka ega. Bu haqda «R-Sport»ga asoslanib «Kun» xabar berdi.
«Bu vaziyatda Parij shubhasiz asosiy da’vogar. Boshqa nomzod shaharlar infrastrukturasi to‘la tayyor emas, Parijda esa transport va mehmonxonalar bo‘yicha muammolar yo‘q. Qolaversa, Parij oxirgi marta 100 yil oldin Olimpiadag mezbonlik qilgandi», – deyiladi «R-Sport» xabarida.
Parijdan tashqari OO‘-2024 uchun mezbonlik qilish istagi bilan Rim, Budapesht va Los-Anjeles shaharlari murojaat qilgan.
Bundan oldinroq XOQ vakillari amerikaliklarning rossiyalik sportchilarga qarshi kampaniyasidan noroziligi, shu tufayli Los-Anjeles shahri olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha raqobatda deyarli imkoniyatga ega emasligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Olimpiada mezbonini aniqlash uchun saylov 2017 yilning sentyabrida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing