22:13 / 03.03.2024
99

Vesko Steshevich: "Bugun biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu g‘alabani kafolatlamaydi"

Vesko Steshevich: "Bugun biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu g‘alabani kafolatlamaydi"
Superliga 1-turi doirasidagi "Lokomotiv — "Metallurg" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
- Bugungi uchrashuv qiziq bo‘ldi. Afsuski, g‘alabani qo‘ldan chiqardik. O‘yinchilarni almashtirdik, ammo e’tiborni yo‘qotdik va gol o‘tkazib yubordik. G‘alabani qo‘ldan chiqarganimiz yoqimsiz albatta, ammo chempionatni bir ochko bilan boshladik. Bir ochko Afrikada ham bir ochko. "Lokomotiv" jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin namoyish etdi deb o‘ylayman.

- Bugungi uchrashuvda qayd etilgan yakuniy natija siz uchun adolatli bo‘ldimi?
- Ha, raqib ikkita gol urdi. Biz bugun biroz ustunroq bo‘ldik deb o‘ylayman, ammo yana bir marotaba takrorlayman, yaxshiroq bo‘ldik deganimiz g‘alabani kafolatlamaydi.

- Zabihillo O‘rinboyev qachon safga qaytishi haqida ma’lumot bera olasizmi?
- O‘rinboyevni iloji boricha tezroq safga qaytishini istayman. Ammo u jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lishi kerak. Menimcha, shu oyning so‘ngida u safimizga qaytsa kerak. U bizga nafaqat hujumchi, balki sardor sifatida ham juda kerakli futbolchi.

- Jamoangiz so‘ngi 10 daqiqada sustlashib qoldi va ikkinchi golni o‘tkazib yubordi. Bunga sabab nima deb o‘ylaysiz?
- Shu savolga javob menga ham qiziq. Futbolchilarimga ushbu savolni beraman.

- Dordevich bugun Superligada debyut qildi, ammo uning o‘yini biroz qovushmadi. Ushbu futbolchini nega zaxiraga olmadingiz?
- Dordevich bugun bosim ostida o‘ynadi va shu sabab o‘yini qovushmadi deb o‘ylayman. Lekin hali oldinda butun mavsum bor va men unga ishonaman. U gavdali futbolchi va raqib standart vaziyatlaridan foydalanayotgan vaqtida u bizga katta foyda keltirdi. "Lokomotiv"da ko‘p futbolchilarning bo‘yi baland va standart vaziyatlarda ular juda xavfli. Shu sababli uni zaxiraga olmadim.

- Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib o‘tsangiz?
- Biz o‘z maqsadlarimizni e’lon qilmadik. Asosiy maqsadimiz mavsumni yaxshi o‘tkazish va o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq o‘ynash. Oldindan bir narsa deyish qiyin. Hozirgi kunda tarkibimizda bir nechta yo‘qotishlar bor. O‘rinboyevning holatidan xabardorsiz, Palich ham "lazaret"da. Yana bir futbolchimiz endi O‘zbekistonga uchib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vesko Steshevich: "Bugun biz yaxshiroq o‘ynadik, ammo bu g‘alabani kafolatlamaydi"