18:55 / 15.03.2024
876

Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?

Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?
A Seriyaning 28-turi qahramonlaridan biri Eldor Shomurodov Italiya futbolining nufuzli manbalaridan hisoblangan corrieredellosport.it saytiga intervyu berdi.

Sports.uz portali ushbu intervyuni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etishga qaror qildi.

- “Kalyari”dagi sarguzashtlaringiz shu darajada og‘ir boshlanishini kutganmidingiz?
- Men mavsum boshida ko‘proq o‘ynashimni kutgan edim. Lekin bu o‘zimning aybim, chunki tayyor emasdim. Ayniqsa, jismoniy tarafdan. Men kam tayyorgarlik bilan kelgandim va vaqtim ham kam edi. Formamni tezroq tiklab olaman, deb o‘ylagandim, biroq hammasi men kutgandek bo‘lmadi.

- Nima ish bermadi?
- Men bu holat o‘yin vaqtida o‘tib ketishini kutgandim, buning o‘rniga maydonga bir necha marotaba tushdim xolos.

- “Salernitana” bilan o‘yinda nimadir o‘zgardi...
- Bu boshlanishi, deb umid qilaman. Endi men hozirgacha qilolmagan ishlarimni uddalashni istayman.

- Hammasini tashlab, jarohatdan keyin yanvarda ketish haqida o‘ylab ko‘rmadingmi?
- Ishlar yaxshi ketmayotganda hamma narsani o‘ylab ko‘rasan. Biroq darrov o‘y-xayollarni yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qilish kerak. Jamoaga qiyin vaqtlarda yordam bera olmayotganim og‘ir kechdi. Lekin men direktor va murabbiy bilan gaplashdim, ular hamma meni kutayotganini aytishdi.

- Mana yana cho‘qqiga ko‘tarila boshlading. Bunga Raneri sababchimi?
- U menga boshqalardan ko‘prog‘ini bera oldi. Guruhimiz juda ahil, jamoadosh do‘stlarim ham har doim yonimda bo‘ldi, lekin Raneri kayfiyatimni ko‘tara oldi.

- Qanday qilib?
- Bir marta u menga: “Genuyada sen kuchli eding, monstr eding. Endi senga nima bo‘lganini bilmayman. O‘sha o‘yinchini ko‘rmoqchiman”, - dedi. U menga ta’sir o‘tkazishni, ishtiyoqimni oshirishni istagan edi. U buni uddaladi, bu yuragimga tegdi.

- Formangni taklab olish va ishtiyoq uchun yetarlicha vaqt bor edi, “Salernitana” bu naqadar xavfli ekanini eslashiga to‘g‘ri keldi...
- Birinchi to‘pni kiritish qiyin bo‘ldi, chunki qariyb bir yil gol urmagandim. To‘p darvoza to‘riga tushganida qanday nishonlashni ham bilmay qoldim. Biroq ikkinchi gol eng muhimi bo‘ldi, chunki ularning ikkita golidan keyin hisobni tenglashtirishlari mumkinligidan cho‘chib turgandik. Bu gollar men uchun ham, “Kalyari” uchun ham erkinlik berdi, biz nima qilib bo‘lsa ham, yutishni istagan edik.

- Maqsadga yetganda qoniqish hosil bo‘ldimi?
- Men baxtiyorman, lekin menga hali ko‘p narsa yetishmayapti. Bizni 10 ta final kutib turibdi va ularning har birida ochko olish uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz. Bu “Monsa” bilan o‘yindan boshlanadi.

- Yana bitta gol kutilyaptimi?
- Shunga umid qilamiz. Gol bo‘ladimi yoki yo‘q, men jamoamga musobaqa jadvalining quyi qismini tark etish uchun yordam berishni istayman.

- Kelajak g‘aqida gapirishga tayyormisan?
- Hozir buning vaqti emas. Birinchi o‘rinda – “Kalyari”ning qutqarilishi turibdi.

- Genuyadagi Shomurodov bilan “Kalyari”dagisi o‘rtasida nima o‘zgardi?
- Men yaxshi uddalay olmayotganimni bilardim. Xarakterimni o‘zgartirish borasida ham ishlashimga to‘g‘ri keldi, chunki men sokin odamman. Lekin futbolda talashmasang, hech narsaga ega bo‘la olmas ekansan. Endi men kurashishim lozimligini yaxshi bilaman.

- Sen futbol personaji bo‘lishni yoqtirmaysan, senda tatiurovkalar, ziraklar yoki ekstravagant soch turmaklari yo‘q...
- Men oddiy bolaman, oilamni yaxshi ko‘raman va futbolga ishtiyoqim baland. Men rafiqam va ikki farzandim bilan rohat olib yashayapman. Bir necha marotaba dengizga borib, baliq ushladik, O‘zbekistonda esa asosan qo‘y go‘shti iste’mol qilamiz.

- O‘zbekiston fuqarosi uydan olisda o‘zini qanday his qilyapti?
- Kalyari — yoqimli iqlimi va mehmondo‘stligi bor chiroyli shahar. Uyimni, do‘stlarimni, yurtimni sog‘inaman. Lekin bu yerda mening mamlakatimga qaraganda futbolni yuqori saviyada o‘ynashadi, chempionati kuchliroq.

- Seni yurtingda milliy qahramonlardan biri sifatida qadrlashadi. Buni his qilish yoqimlimi?
- Men milliy terma jamoa libosida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi sifatida tarixga kirdim. Faxrli tomoni shundaki, bu libosda ilgari amakim to‘p tepgan. Men futbolchilar oilasidanman va bu bilan faxrlanaman.

- Futbolchi bo‘lmaganingdachi?
- Menda “B” reja bo‘lmagan. Bu bolalikdagi bor orzum edi. Hayotimda yana nima bilandir shug‘ullanishim mumkinligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaganman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raneri bir gap bilan Shomurodovni o‘zgartirib yubordi. Murabbiy nima degandi?