105
Vesko Steshevich: "Chempionlik uchun kurashayotgan jamoa maydonida yomon o‘yin ko‘rsatmadik"
Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Metallurg" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin guvohiga aylandik. Birinchi bo‘lim har ikki jamoa uchun ham qiyin o‘tdi. Teng kurash kechdi, "Neftchi"da ham, bizda bittadan vaziyat yuzaga keldi xolos.
Ikkinchi bo‘lim yanada qiziqarli va vaziyatlarga boy o‘tdi. Chempionlikka kurashayotgan kuchli raqib maydonida yomon o‘ynamadik deb o‘ylayman. Har ikki jamoada ham vaziyatlar ko‘paydi. Ayniqsa gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng bizdagi vaziyatlar soni yanada ortdi. Bugungi o‘yin uchun futbolchilarimga e’tiroz yo‘q.
- "Metallurg" bugun yomon o‘ynagani yo‘q. Mag‘lubiyatga sabab nima deb o‘ylaysiz?
- Aytib o‘tdim, ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada ham gol kiritish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Omad bilan ham bog‘liq, bitta vaziyat gol bilan yakunlandi. Har ikki jamoa ham yaxshi o‘yin namoyish etdi.
- Raqib jamoa ko‘rsatgan o‘yin haqida fikringiz qanday?
- "Neftchi" chemipionlik uchun kurashayotganini bilamiz. Jamoa futbolchilar to‘p bilan juda yaxshi ishlashmoqda. Takror aytaman, bugun har ikki jamoa juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi