Superliganing 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Birinchi bo‘limda vaziyatlarimiz o‘xshamadi. "Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga tayyorlagan rejalarimiz bor edi. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlarimiz ko‘paydi, o‘yinimizni kuchaytira oldik. Navoiydan kelib bizni qo‘llab-quvvatlagan futbol ishqibozlariga minnatdorchilik bildiraman.
- "Qizilqum" o‘tgan uchrashuvlarda birinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynayotgandi. Bugun esa aksi bo‘ldi. Buni qanday izohlaysiz?
- O‘tgan uchrashuvlarda ikkinchi bo‘limlardagi sust harakatlar uchun bizda ham savollar bor edi. Bugun hisobda ortda borayotgandik. Shu sababdan ham ikkinchi bo‘limda hujumlarni kuchaytirmasak bo‘lmasdi. Futbolchilarga motivatsiya har doim kerak, tanaffusda ularni ruhlantirishga harakat qildik.
- Jamoangizning jismoniy holati yaxshiroq ekani ko‘rinyapti. Bu mashg‘ulotda olib borilgan ishlar samarasimi?
- Albatta, mashg‘ulotlarda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha alohida ishlaymiz. Hozir mavsumning kirish qismidamiz, barcha jamoalarda jismoniy holat bilan bog‘liq muammo bor. Yigitlarga kuchli hohish va o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchning ta’siri muhim hisoblanadi.
- Ikkinchi golda darvozabonning xatosi bor deb hisoblaysizmi?
- Yo‘q, o‘yin jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan epizod. Agar darvozabon biroz tezroq harakatlansa yoki to‘p havoda sekinroq uchganida gol yuzaga kelmagan bo‘lardi. Bu shunchaki 2-3 soniyada hal bo‘ladigan vaziyat.
- Rahmatovni nega jamoada saqlab qolmagansizlar?
- Rahmatov "Nasaf" futbolchisi. Ko‘rayapsizlar, asosiy tarkibda o‘ynayapti. Biz istaganimiz bilan "Nasaf" zarur paytda bu futbolchini ortga qaytara olardi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi