O‘zbekistonda 2019-2023 yillarda 30 nafar futbolchi va hakamlar, 8 nafar murabbiy, 7 nafar futbol klublari rahbari va 2 nafar futbol klubi ma’muriyati xodimi – jami 77 nafar sportchining kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlanib, tegishli choralar qo‘llanilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, endilikda Jinoyat kodeksi tegishli moddalar bilan to‘ldirilib, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi hamda sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Ushbu tartiblarni o‘z ichiga olgan “Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ayni paytda parlament quyi palatasida ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan milliy qonunchiligimiz zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yanada takomillashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”