O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bugungi mashg‘ulotdan avval intervyu berdi.
- Eldor, g‘alaba bilan tabriklaymiz. Gonkongdagi o‘yin haqida qisqacha fikrlaringiz.
- Oson bo‘lmasligini bilardik. Muhim 3 ochko edi. Ular ham harakat qildi, maydonni ham alishtirishdi, ochko uchun umuman qo‘lidan kelganini qilib ko‘rdi. Uchrashuvdan avval bolalar bilan gaplashdik. Jiddiy munosabatda bo‘lmasak, qiyin bo‘lishi aniq edi. Lekin termaning har bir a’zosi o‘yinga juda yaxshi munosabatda bo‘ldi. O‘ylashimcha, o‘yinni to‘liq nazorat qildik va qator vaziyatlar yaratib, nisbatan oson g‘alabani qo‘lga kiritdik.
- Terma jamoaga qaytdingiz va darhol gol urdingiz. Jarohatdan keyingi holatingiz va termadagi muhit haqida gapirib o‘tsangiz...
- Jamoadagi ichki muhit — ajoyib. Jamoaning asosiy qismi uch yildan beri birgamiz. Qiyin vaqtlar bo‘ldi, ammo hozir hammasi yaxshi. Ajoyib jamoa yig‘ilgan. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Hech qanday muammo yo‘q.
- Biroz avval Katanes Sloveniyaga uchib ketgani haqida xabar chiqdi. Futbolchilar murabbiy uchun ham harakat qiladimi?
- Albatta, qiyinchiliklar bo‘lib turadi. Bu vaziyatda murabbiyning sog‘lig‘i birinchi o‘rinda deb hisoblaymiz. Hamma vaziyatni tushunib turibdi. Murabbiyning yo‘qligini bildirmaslikka qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz.
- Italiyadan to‘g‘ri Xitoyga yo‘l oldingizmi yoki O‘zbekistonga orqali uchdingizmi? Keyin qisqa vaqt ichida yana O‘zbekistonga qaytish... Yo‘l charchatib qo‘ymaydimi?
- Italiyadan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys orqali Xitoyga uchdim. Yo‘l qiyinchiligi bo‘ladi, albatta. Ammo bu ishimizning bir qismi. Terma jamoa uchun harakat qilamiz. Sharoitlar yaratilgan, hammasi joyida. Tiklanib olish uchun ozroq vaqtimiz bor. Bu borada qiyinchiliklar muammo emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”