Yu Tze Nam: "O‘zbekiston saviya jihatdan Eronga yaqin"

1 daqiqa o'qish313
Yu Tze Nam: "O‘zbekiston saviya jihatdan Eronga yaqin"
Gonkong terma jamoasi himoyachisi Yu Tze Nam jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o‘rin olgan O‘zbekistonga qarshi uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

25 yoshli o‘yinchining aytishicha, O‘zbekiston saviya jihatdan Eronga o‘xshab ketadi.

"O‘zbekiston Osiyo mintaqasida yuqori saviyadagi jamoa va bu borada Eronga yaqin hisoblanadi. Biz eng katta tuzatish kiritishimiz va ko‘proq urg‘u berishimiz kerak bo‘lgan jihat pressing sanaladi.

Raqibimiz Osiyo Kubogida to‘rtta himoyachi bilan o‘ynadi, biroq so‘nggi o‘yinda 3-4-3 sxemasida harakat qildi.

Biz o‘tgan o‘yindagi xatolarimizni to‘g‘rilashimiz kerak. Qolaversa, qarshi hujumga o‘tish va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak.

Maqsadimiz ochko qo‘lga kiritish, biroq mehmonda bu natijaga erishish juda mashaqqatli bo‘ladi. Umid qilamanki, biz yuqori darajadagi pressingni muvaffaqiyatli tashkil etamiz. Samarali vaziyatlar tashkil etish bilan bir qatorda himoyada raqibga zarba berish uchun imkon bermasligimiz kerak
", — dedi gongkonglik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi javob uchrashuvi 26 mart kuni soat 19:30 da start oladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?