
Xabaringiz bor, aprel oyida Qatarda futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ham qatnashadi.
Ushbu turnirda ikki yetakchi futbolchimiz ishtirok etmasligi mumkin. Milliy Olimpiya Qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimovning ma’lum qilishicha, Osiyo kubogi FIFA kunlaridan tashqari bo‘lganligi sabab, "Lans" klubi sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov va SSKA a’zosi Abbosbek Fayzullayevlarning klublari hali ham futbolchilarimizni qo‘yib yuborishga ruxsat bermagan.
Eslatib o‘tamiz, kuchli uchlikka kirgan terma jamoalar Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar