11:25 / 11.04.2024
433

Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboyev eng zo‘ri...

Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboyev eng zo‘ri...
O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari legioner sifatida xorij mamlakatlari ligalarida muvaffaqiyatli to‘p tepayotgani o‘zbekistonlik ishqibozlarni xushnud etadi.

Chunki navbatdagi jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan milliy terma jamoamiz faoliyatida legioner o‘yinchilar muhim ahamiyat kasb etadi va qozonilayotgan g‘alabalarda ularning hissasi katta bo‘lmoqda.

Abduqodir Husanov (“Lans”)

Fransiya futbolini yoritayotgan mutaxassislardan biri Loren Mazur “Lans” jamoasining eng tezkor o‘n nafar futbolchisi ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, lansliklar tarkibida eng katta tezlik qayd etgan ikki futbolchidan biri Abduqodir Husanov bo‘ldi.

Legionerimiz bilan birga kolumbiyalik himoyachi Joanner Chaves soatiga 35,54 kilometr tezlikda yugurgan.

“Lans”ning eng tezkor futbolchilari o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Eldor Shomurodov (“Kalyari”)

28 yoshli hujumchimiz keyingi paytda jamoasi joniga ko‘p bor oro kirmoqda. Bu gal “Atalanta”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda Eldorning assisti hisob tenglashishiga va “Kalyari” futbolchilarining kurashga qaytishiga sabab bo‘ldi.

Statistika mutaxassislari Shomurodov A Seriyadagi so‘nggi assistini 2023 yilning 11 dekabrida “Sassuolo”ga qarshi o‘yinda amalga oshirgani va uchinchi golli pasini uzatishi uchun qariyb to‘rt oy kerak bo‘lganini e’lon qildi.

Adolat yuzasidan aytish kerakki, Eldor bu oylarning katta qismini jarohatdan tiklanishga sarflab yubordi.

Maydonga qaytishi bilan gollar va assist bilan jamoasiga katta yordam bera boshladi va “Kalyari”ning xavfli hududdan uzoqlashishida legionerimizning hissasi katta bo‘lyapti.

Jasur Yaxshiboyev (“Ordabasi”)

Qozog‘iston Premer-ligasining amaldagi chempioni “Ordabasi” futbolchisiga aylangan Jasurbek Yaxshiboyev jamoasining asosiy to‘purari mavqeiga ko‘tarildi.

To‘rtinchi turda hamyurtimizning murakkab vaziyatda bo‘lishiga qaramay, safar uchrashuvida “Turon” darvozasini ishg‘ol qilgani, chimkentliklarga uch ochko keltirib, “Ordabasi”ni musobaqa jadvalida uchinchi pog‘onaga ko‘tardi.

Jasurning o‘zi chempionatdagi gollari sonini uchtaga yetkazib, to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilayotgan Idris Umayev va Yevgeniy Berezkinga yetib oldi.

Eng foydali o‘yinchilar reytingida ham ushbu uch futbolchi bir xil natija – uchtadan gol va bittadan assist bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboyev eng zo‘ri...