Joriy yilning 12 aprel kuni O‘zbekiston kubogi 2024 yilgi mavsumi guruh bosqichi ilk turi bahslari boshlandi va bugun turga yakun yasaladi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko‘ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 1-tur doirasida hozirgacha o‘tkazilgan 15 o‘yinda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi: quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin.
1-vaziyat: “Andijon” – “Dinamo”, bekor qilingan gol.
O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasidagi “Andijon” – “Dinamo” bahsi 19-daqiqasida bahsli vaziyat yuzaga kelgan. Mezbonlar jarima zarbasi orqali to‘pni raqib jarima maydonchasi ichiga yetkazib bergach, hujum gol bilan yakunlangan. Biroq yordamchi hakamlar ishorasidan so‘ng, bosh hakam bu vaziyatni Shavkat Nasibullayev o‘yindan tashqari holat, deya qayd etgan va golni inobatga olmagan.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: To‘pni jarima maydonchasi ichida qabul qilib olgan va golli uzatmani amalga oshirgan I. Mamatkazin ofsaydda bo‘lmagan. Bu vaziyatda gol inobatga olinishi kerak edi. Hakamlar jamoasining qarori noto‘g‘ri, deb topildi.
2-vaziyat: “Lokomotiv-BFK” – “Chig‘atoy” o‘yini, ehtimoliy penalti.
Ushbu uchrashuvning 82-daqiqasida “Lokomotiv-BFK”ning 10-raqamli futbolchisiga nisbatan “Chig‘atoy” jarima maydonchasi ichida qo‘pollik sodir etilgan. Bosh hakam bu vaziyatda penalti belgilaman.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda “Lokomotiv-BFK” futbolchisiga nisbatan qoidabuzarlik bor. Himoyalanayotgan jamoa vakili to‘pga emas, raqib oyog‘iga qo‘pol harakat sodir etgan va buning uchun penalti belgilanishi kerak edi. Hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.
3-vaziyat: “Lokomotiv” – “Zomin” o‘yini, so‘nggi umid foli.
“Temiryo‘lchilar” O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi ilk turida Jizzaxning “Zomin” klubini o‘z uyida qabul qildi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 73-daqiqasida “Lokomotiv” himoyachisi A. Ismoilov raqib futbolchisiga nisbatan qo‘pollik sodir etib, ularning hujumini to‘xtatib qolgan. O‘yin bosh hakami Ibrohim Ismoilov fol qayd etib, “Lokomotiv” futbolchisiga sariq kartochka ko‘rsatgan.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda “Lokomotiv” himoyachisi raqib hujumchisini so‘nggi umid foli sodir etib, yiqitgan. “Zomin” futbolchisi bu vaziyatda darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, himoyachi esa buni qo‘pollik bilan oldini olgan. Qoidalarga ko‘ra, bu turdagi so‘nggi umid foli uchun futbolchi qizil kartochkaga loyiq ko‘rilishi lozim edi. Hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.
4-vaziyat: “Nasaf” – “Navbahor” bahsli, penalti.
Qarshidagi bahsning 90+1-daqiqasida mezbonlarning 5-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonchasi ichida “Navbahor”ning 34-raqamli a’zosi F. Sayfiyev bilan kontakt sodir etib, yiqilgan. Bosh hakam Temur To‘xtasinov 11 metrlik nuqtaga ishora qilgan.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda “Navbahor” futbolchisining harakati penalti uchun yetarli emas. Bu yerda jiddiy kontakt va qoidabuzarlik yo‘q, shu sababli penalti belgilanmasligi kerak edi. Bosh hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi.
5-vaziyat: “Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvi, ehtimoliy penalti.
Xuddi shu bahsning 90+3-daqiqasida mezbonlarning yana bir hujumi bahsli tarzda yakunlangan. “Navbahor” jarima maydonchasi ichida “Nasaf”ning 27-raqamli futbolchisi I. Kenjaboyev hamda mehmonlarning 22-raqamli a’zosi T. Tabatadze o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Bosh hakam Temur To‘xtasinov bu holatni hujumda fol, deya qayd etib, erkin zarba belgilagan.
Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda “Navbahor” futbolchisining harakati penalti uchun asosli. U bu yerda to‘pga emas, raqib oyog‘iga tashlangan. Shu sababli, hakam penalti belgilashi kerak edi. Bosh hakamning qarori noto‘g‘ri, deb topildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi