Ayni damda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Terma jamoamiz himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 1-tur o‘yinlaridan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Osiyo chempionatida doimo yaxshi saviyadagi jamoalar ishtirok etadi. O‘zbekiston ham yaxshi o‘ynab kelgan. Kechagi o‘yinga keladigan bo‘lsak, har doim birinchi o‘yin qiyin bo‘ladi. Malayziya yaxshi jamoa ekan. Ajoyib harakat qilishdi va buni to‘pni nazorat qilishidan ko‘rsangiz bo‘ladi.
Yig‘inga qo‘shilishim juda qiyin bo‘ldi. Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emas edi. Ikki uch marta O‘FA rahbariyati murojaat qilishdi. Lekin rad etildi. 20 apreldan keyin qo‘yib yubormoqchi bo‘lishdi. Federatsiya oxirigacha borib, buni hal qildi hamda 14 apreldan kelib qo‘shildim.
Asosiy tarkibda o‘ynayotganim sabab qo‘yib yuborishni xohlamagani tabiiy edi. Musobaqaga kelishimga ko‘maklashgani uchun O‘FAga rahmat aytaman", - dedi Yo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi