Rossiya Premer-ligasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashayotgan SSKA 25-turda o‘z maydonida “Axmat”dan alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Qolaversa, “armiyachilar” keyingi turda “Spartak” bilan bo‘ladigan o‘yindan oldin uch nafar yetakchisi xizmatidan foydalana olmaydigan bo‘ldi. Abbosbek Fayzullayev 7–daqiqadayoq ogohlantirish oldi, Villian Rosha 19-daqiqada, Igor Diveyev 89-daqiqada maydondan chetlatildi.
Abbosbek 25 aprelga belgilangan keyingi turda “Spartak”ga qarshi uchrashuvdan keyin O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida Osiyo kubogida ishtirok etish uchun Qatarga yo‘l olishi kutilayotgan edi. “Axmat” bilan bo‘lgan bahsning boshidayoq mavsumdagi to‘rtinchi ogohlantirishni olgan va keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan legionerimizni terma jamoaga ertaroq yetib borish uchun atayin qo‘pol o‘ynaganlikda ayblayotganlar ham bor.
Rossiya futbolini yoritib borayotgan matchtv.ru sayti muxbirlari vaziyatga oydinlik kiritish borasida SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov va Abbosbek Fayzullayevning o‘zi bilan fikr almashdi.
— Abbosbek Fayzullayev “Spartak” bilan bo‘ladigan bahsni o‘tkazib yuboradi. O‘tgan o‘yindan oldin u bilan suhbatlashganmidingiz?
— Biz unga uchrashuvning boshidanoq sariq kartochka olma, deb baqirgan edik. U bizni eshitdi. O‘sha vaziyat xavfli emasdi, lekin kurash vaqtida o‘yinchi hamma narsani unutadi.
— Abbosning xayoli terma jamoada bo‘lgan, degan hissiyot yo‘qmi?
— Buni uning o‘zidan so‘raysiz.
— Siz so‘ramadingizmi?
— Yo‘q hali.
Sayt muxbirlari Abbosbek Fayzullayevni ham savolga tutdi.
— Siz ogohlantirishni atayin oldingizmi?
— Yo‘q, men unaqa odam emasman.
— Terma jamoaga uchib ketyapsizmi?
— Bilmayman.
Abbosbek Fayzullayev SSKAning hujumlarini tashkil etishda asosiy figura hisoblanadi. “Spartak” bilan bo‘lajak derbida o‘zbek legionerining xizmatiga ehtiyoj bor edi. Yaqinda SSKA rahbariyati 20 yoshli hujumkor futbolchini “Spartak” bilan o‘yindan keyin Osiyo kubogida ishtirok etayotgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yuborish haqida qaror qabul qilgandi.
Abbos Osiyo kubogi bosh sovrin va yozda Parijda bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga chiqish uchun kurashayotgan terma jamoamiz ixtiyoriga 26 aprelda yetib borishi rejalashtirilgandi. Endi hamyurtimizda Timur Kopadze jamoasiga bir necha kun erta borish imkoni tug‘ildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi